Geterofoniya
Geterofoniya (getero... va yun. phone — tovush) — musiqa asari tarkibidagi ovozlarning oʻzaro nisbatlari (musiqiy faktura)ga tegishli tushuncha, koʻp ovozlilik turi. G. biron kuyni badiha usulida bir nechta ovoz (cholgʻu) vositasida ijro etilishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda kuy ohangdosh ovozlarda ritmik, intonatsion kabi oʻzgarishlar bilan bayon etiladi. G. ogʻzaki anʼanadagi musiqaga, xususan oʻzbek anʼanaviy musiqa ijrochiligiga xos (mas, dutor yoki tanbur joʻrligida ashula aytish va hokazo), bastakorlik va kompozitorlik ijodida ham qoʻllanilmoqda. Yana q. Unison.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |