Geteromorfoz (yun. heteros — boshqa, boʻlak va morphe — shakl) — hayvonlarda olib tashlangan organning regeneratsiya yoʻli bilan unga oʻxshamaydigan boshqa biriga almashinishi. Mas, oʻn oyoqpi qisqichbaqasimonlarda yoʻqotilgan poyachali murakkab koʻzlarining oʻrniga moʻylovlar oʻsib chiqishi yoki boshi qirqib tashlangan yomgʻir chuvalchangi boshining oʻrniga dum qismining oʻsib chiqishi va hokazo G. bir hujayrali sodda hayvonlardan boshlab xordalilargacha boʻlgan koʻpchilik hayvonlar uchun xos, lekin koʻproq tuban organizmlarda uchraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil