Geterotopiya
Geterotopiya (getero... va yun. Topos — joy) — evolyutsiya jarayonidagi embrional rivojlanishda biron-bir organ oʻrnining oʻzgarib qolishi. G. terminini 1874 yil E. Gekkel taklif etgan. U tuban koʻp hujayrali hayvonlarda jinsiy bezlari odatda ekto yoki endodermada, yuksak hayvonlarda mezodermada joylashganligini koʻrsatadi. Ayrim suyakli baliqparda qorin juft suzgichlari koʻkrak juft suzgichlarining orqasida emas, balki ularning oldida joylashganligi G.ga misol boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |