Geteroxromiya (getero... va yun. chroma — rang, tus) — oʻng va chap koʻz yey pardalarining yoki bir koʻz yoy pardasi turli qismlarining har xil rangli boʻlishi. Tugʻma yoki hayot davrida kelib chiqadi. Boʻyin simpatik nervining zararlanishi G.ga sabab boʻladi. Deyarli hamisha Gorner sindromi qayd qilinadi (qorachiq torayadi, koʻz kisiqroq boʻladi, koʻz soqqasi ichiga botadi).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil