Geylandit
Geylandit (Heulandite) — mineral, zeolitlar guruhiga mansub silikat. Kimyoviy formulasi (Ca,Sr,K2,Na2) [Al2 Si6O16] • 5H2O. Qattiqligi 3,5 — 4. Zichligi 2,18 — 2,2. Uyushganlik darajasi mukammal, ammo moʻrt. Oq, sariq, pushti, gʻishtrang qizil tuslarda uchraydi.
Mineral modda birinchi marta Norvegiyada (Konsberg) aniqlangan va 1818-yilda nemis mineralogi F. Breithaupt tomonidan tavsiflangan. Ingliz kollektsioneri J.G.Gayland sharafiga shunday nomlangan. U anchagina keng tarqalgan boʻlib, kaltsit va boshqa zeolitlar bilan birgalikda vulqon jinslari oraliq boʻshliqlarida ikkilamchi mineral sifatida ko‘p uchraydi. Geylandit (Heulandit) o‘zaro kirishgan kristallar va donali kristalllar yoki nurli agregatlarda namoyon bo‘luvchi kristallar ko‘rinishida bo‘ladi.
Olov taʼsirida shishib, eriydi va oq emal hosil qiladi. Uning amaliy ahamiyati yoʻq, lekin geylandit (heulandit) kristallari va kichik druzlari kollektsionerlar tomonidan qadrlanadi va ularga to‘plash borasida qiziqish bor. Mineralga boy hududlar Hindiston, Irlandiya, Shotlandiya, AQSh, Kanada, Avstriyada joylashgan. Rossiyada geylanditlarning ajoyib namunalari Nijnyaya Tunguska daryosi havzasida uchraydi.
Havolalar
tahrir- Naxodki geylandita v Rossii — webmineral.ru
- Geylandit v GeoWiki[sayt ishlamaydi]
Yana qarang
tahrir- Silikatlar
- Zeolitlar
- Minerallarning dekorativ kolleksiyasi