Gidroaeromexanika
Gidroaeromexanika (gidro..., aero... va mexanika) — mexanikaning suyuq va gazeimon muhitlar muvozanati va harakatini, ularning birbiriga va qattiq jismlarga taʼsirini oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Gidroaeromexanika kundalik hayot ehtiyojlari bilan chambarchas bogʻliq holda rivojlandi. Gidrotexnika qurilmalari (kanallar, quduqlar), suvda suzish vositalari (sol, qayiq) qadim zamonlardan maʼlum. Gidroaeromexanika ga asos solgan Arximed gidrostatika qonunlarini kashf qilgan, suyuqliklar muvozanati nazariyasini yaratgan. Keyinchalik, Leonardo da Vinchi jismlarning suyuqpik va gazlardagi harakatini oʻrgangan, qushlarning uchishini kuzatib, muhit qarshiligi mavjudligini kashf qilgan. B. Paskal suyuqlikning istalgan nuqtasida bosim kuchi hamma yoʻnalishda bir xil boʻlishini aniqlagan. I. Nyuton gidroaeromexanika qonun va tenglamalarini nazariy isbotlab bergan. Nazariy gidroaeromexanika asoschilari L. Eyler. D. Bernulli gidroaeromexanikani mexanikaning qonunlariga tatbiq qilishgan. 19-asr boshida gidroaeromexanikada qovushoq suyuqliklar harakati oʻrganildi, u gidravlika, gidrotexnika va mashinasozlikning tez rivojlanishiga turtki boʻldi. Qovushoqlik kuchi har qanday harakatga qarshilik qilishini tajriba koʻrsatdi.
19-asr oxirida gidroaeromexanikaning yana bir yoʻnalishi — siqiluvchan muhitlar oqishini oʻrganish rivojlandi. Barcha suyuqliklar amalda siqilmaydi, aksincha, gazlar hajmini (yaʼni zichligini, bosim temperaturasini oshirib) osongina oʻzgartirsa boʻladi; gidroaeromexanika ning siqiluvchan muhitlar harakatini oʻrganadigan boʻlimi gaz dinamikasi deyiladi. Aviatsiya va raketa texnikasining rivojlanishi, EHM, kompyuterning paydo boʻlishi munosabati bilan aerodinamika va gaz dinamikasi ham rivojlandi. Gidroaeromexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati muvozanatini oʻrganadigan boʻlimi gidromexanika, iqlim va obhavoni oʻrganadigan boʻlimidinamik meteorologiya deyiladi. Gidroaeromexanika matematika, fizika va kimyo fanlari bilan uzviy bogʻlangan. Gidroaeromexanika usullari va tavsiyalari aviatsiya, gidromashinasozlik, kemasozlik, sanoat aerodinamikasi, qurilish, q. h. sohalarida keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |