Gidroakustika
Gidroakustika (yun. hydor - suv va akustika) — akustikaning suv osti lokatsiyasi, aloka maqsadlari va b. uchun tovush toʻlqinlarining suv (koʻllar, dengizlar, okeanlar va b.)da tarkalish, qaytish va soʻnish xususiyatlarini oʻrga-nadigan boʻlimi. Tovush suv ostida havodagiga nisbatan deyarli soʻnmasdan uzoq masofaga tarqala oladi. U mas, 500— 2000 Gs chastota oraligʻida suv ostida 15–20 km uzoqlikka, UT (ultratovush) chastotasi oraligʻida esa 3–5 km ga yetadi. Tovushning suvda tarqalish uzoqligi suvning qovushoqlik xossasiga, tovush refraksiyasiga, muhitning bir jinsli boʻlmasligiga bogʻliq boʻladi. Tovush refraksiyasi (tovushning suv ostida juda katta masofaga tarqalishi hodisasi) sababchilari chuqurlik oʻzgara borgan sari gidrostatik bosim, tuz miqdori va temperatura oʻzgarib suv xossalari balandlik boʻyicha bir jinsli boʻlmasligidir. Natijada tovushning tarqalish tezligi chuqurlik boʻyicha oʻzgara boradi; yuqorida tarqalish tezligi temperaturaning koʻtarilishi sababli ortadi, pastda esa chuqurlik ortishi bilan gidrostatik bosimning ortishi sababli tezlik ortadi. Shuningdek, tarqalish tezligi yil mavsumiga ham bogʻliq (rasmga q.), qishda yozdagidan uzoqroqqa tarqaladi, chunki yozda suvning yuqori va pastki qatlamlari orasida temperaturalar farqi boʻlgani uchun nurlar pastga tomon egilib, ancha energiyasini yoʻqotadi. Agar tovush manbai va qabul qilgichini shu qatlamda joylashtirilsa, hatto oʻrtacha tezlikdagi tovush (mas, massasi 1–2 kg boʻlgan kichik zaryadli portlash tovushlari) ham yuzlab va minglab km masofalarda qayd qilinishi mumkin. G. harbiy maqsadlarda, baliqchilikda, kemalarni boshqarish va b.da keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |