Gidrodinamik uzatma
Gidrodinamik uzatma - dvigatel uzatayotgan burovchi momentni yoki mashina-qurol valining aylanishlar sonini bevosita (pogʻonasiz) oʻzgartiradigan gidravlik uzatma. Vazifasi bir oʻqda joylashgan parrakli nasos va turbinalarning ishi hisobiga amalga oshiriladi. Ular ish suyuqligi (qovushoqligi kichik moy yoki suv) bilan toʻlgan torsimon boʻshliqni hosil qiladigan darajada bir-biriga yaqin joylashtiriladi. G. u. gidromufta va gidrotransformatorga boʻlinadi. Ikki (nasos va turbina) parrakli gʻidsiragi boʻlgan hamda ikkala valdagi burovchi momentlari bir xil boʻlgan G. u.ga gidromufta deyiladi; uningf.i.k. 95—98%. Gidromufta burgʻilash qurilmalari, taʼminlash nasoslari va b.da ishlatiladi. Uchta yoki undan ortiq (nasos, yoʻnaltiruvchi apparat va turbina) parrakli gʻildiragi boʻlgan G. u.ga gidrotransformatorlar deyiladi; buning gidromuftadan farqi shundaki, unda sirkulyatsiyalanadigan suyuklik reaktordan qoʻshimcha oʻtib, oqim yoʻnalishini oʻzgartiradi va turbinadagi valning burovchi momentini pogʻonasiz rostlashga (oʻzgartirishga) imkon beradi. Avtomobil, teplovozlarning transmissiyalari, kemalarning kuch uzatmalari va b.da ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |