Gidrofob sement - mayin tuyilgan portlandsement klinkeriga gips va gidrofob qoʻshilmalar (asidol, sintetik yogʻli kislotalarning qoldiqlari, oksidlangan petrolatum va b.) qoʻshib hosil qilingan gidravlik qovushoq modda. Sement massasiga nisbatan 0,1-0,3% qoʻshilma qoʻshilgan sement qrtganda uning sirtida yupqa gidrofob parda hosil boʻladi. Bu esa sementning gigroskopligini kamaytiradi, shuning uchun ham sementni uzoq muddat saqlashda buzilishiga yoʻl qoʻymaydi. G. s. suvni deyarli oʻtkazmasligi, sovuqqa chidamliligi bilan boshqa sementlardan farq qiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil