Gidrogeotermiya
Gidrogeotermiya — gidrogeodinamik sistemalarda temperatura almashinuvi, yer osti suvlari va ularga toʻyingan qatlamlarning temperaturasini oʻzgarib turishi qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. termal (yerning maʼlum chuqurliklarida toʻplanadigan yoki yer yoriqlaridan yuzaga oqib chiqadigan, temperaturasi 20° dan kam boʻlmagan) suvlarning hosil boʻlishi, suv miqdorining sutka, yil, asr mobaynida oʻzgarishi va sarflanishi qonuniyatlarini hamda yer osti boʻshliqparini oʻrganadi. G. yer yadrosidagi issiqlikni oʻrganish bilan aloqador. Arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, hatto jez davri (mil. av. 5—1-asrlar)da kishilar davolanish maqsadida termomineral suvdan foydalanishgan.
Tabiatda asosan uchta gidrogeotermik rejim mavjud: ochiq, yopiq va aralash. Keyingi paytlarda yer osti issiq suvlari tez-tez ifloslanmoqda. Bunday ifloslanishlarni bartaraf etishda termometrik oʻlchovlar muhim rol oʻynaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |