Gidrokimyo
Gidrokimyo (gidro.. va kimyo) — tabiatdagi suvlarning kimyoviy tarkibini hamda ularning kimyoviy, fizik va biologik jarayonlar taʼsirida oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. G. geokimyo, gidrogeologiya va gidrologiya fanlari bilan chambarchas bogʻliq. Petrografiya, mineralshunoslik, tuproqshunoslik, gidrogeologiya, gidrobiologiya va b. fanlarning rivojlanishida G.ning ahamiyati katta. Kimyoviy tarkibi va minerallanish darajasiga qarab tabiatdagi suvlar chuchuk (tuz 1 l da 1 g cha), taxir (tuz 1 l da 1 g dan ortiq) va shoʻr (tuz 1 l da 50 g dan koʻp) suvlarga boʻlinadi. Kation va anionlar miqdoriga kura, xloridli, sulfatli, karbonatli yoki natriyli, magniyli, kalsiyli suvlar buladi. Aholi yashayotgan joy, sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlash, oqar suvlarni tozalash, neft, ruda konlarini qidirishda G.ning roli katta. G. yodli, bromli, radioaktiv, mineral suvlardan xalq xoʻjaligida, tibbiyotda foydalanish yoʻllarini ham oʻrganadi. G. yer osti suvlari tarkibini oʻrganish, baliqlarning tez-tez joy oʻzgartirib turish sabablarini aniqlash va harbiy maqsadlarda ahamiyatli.
Qadimdan odamlar suvlarning taʼmi, rangi, hidi, issiq-sovuqligi, oʻyuvchanligiga qarab turli maqsadlarda foydalanishgan. Abu Ali ibn Sino turli kasalliklarni davolashda tabiiy suvlardan foydalangan. Oʻzbekistonda tabiiy suvlar kimyosini oʻrganishga F. O. Mavlonov, M. Sultonxoʻjayevlar katta hissa qoʻshdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |