Gidromorf tuproqlar
Gidromorf tuproqpar - grunt suvlarining yaqin boʻlishi (0,5-3,0 m) natijasida doimiy kapillyar namlanish taʼsirida shakllangan tuproqdar. Oʻrta Osiyoda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻpini Gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Geomorfologik sharoitlari va namlanish rejimiga qarab allyuvial va saz (bulok) rejimidagi Gidromorf tuproqlar ga boʻlinadi. Allyuvial rejimdagi Gidromorf tuproqlar yirik daryo suvidan taʼminlanib turuvchi grunt suvlari yaqin boʻlgan qayirlarda, quyi daryo terassalarida va hozirgi deltalarda shakllangan. Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va b. daryolarning sohillarida tarqalgan. Saz rejimidagi Gidromorf tuproqlar soy va konuslararo pastqamlik yoyilmalarining periferik hamda oʻrta qismlarida, shuningdek togʻ yon bagʻri tekisliklarida togʻ grunt oqimining nurashidan vujudga kelgan kichik yopiq depressiya (botiq)larda shakllanadi. Bundam rejimdagi tuproqlar Toshkent, Samarqand, Mirzachoʻl vohalarida, Kitob-Shahrisabz havzalarida, Surxondaryoning yuqori va oʻrta oqimi, shuningdek Gʻarbiy Fargʻona va b. joylarda uchraydi. Minerallashgan grunt suvlarining sekin siljishi (choʻl va sur tuproq mintaqasining qisman pastki zonalariga xos) natijasida shoʻrlangan Gidromorf tuproqlar va shoʻrxoklar vujudga keladi. Tarqalish hududiga koʻra Gidromorf tuproqlar choʻl zonasi va boʻz tuproq mintaqasidagi oʻtloqi, botqoqi va shoʻrxok tuproqlarga ajratiladi.
Gidromorf tuproqlardagi tuproq-grunt qatlamining doimiy sernam boʻlib turishi oʻziga xos oʻsimliklarning rivojlanishiga, chirindi hosil boʻlish, shuningdek suvli va b. qatlamining doimiy sernam boʻlib turishi oʻziga xos oʻsimliklarning rivojlanishiga, chirindi hosil boʻlish, shuningdek suvli va b. qatlamlardagi tiklanish jarayonlarining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Shuning uchun Gidromorf tuproqlarning chirindili qatlami avtomorf tuproqlarnikiga nisbatan qalin, gleylanish, shuningdek karbonatli va gipsli qatlamlar chuqurroq joylashgan boʻladi. Choʻl zonasining yosh qayir-allyuvial oʻtloqi tuproqdarida chirindining miqdori 0,3—0,5%, oʻtloqi va oʻtloqi-botqoqi tuproklarda 7—10%, torfli-botqoqlarda esa 20%ni tashkil etadi. Gidromorf tuproqlar oʻzlashtirilganda, oʻz xususiyatlari va tuproq hosil boʻlish jarayonlari bilan qoʻriq yerlardan keskin farq qiluvchi voha tuproqdari rivojlanadi.
Orif Komilov.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |