Gidrotsiklon
Gidrotsiklon (gidro... va yun. ciklon —aylanuvchi) —massalari bir-biridan farq qiladigan mineral donachalarni suv muhitida ajratadigan apparat. G.ning klassifikator, separator va quyultirgich kabi xillari bor. Klassifikator mineral donachalarni yirikligi boʻyicha ajratadi, separator mineral suspenziya holatdagi foydali qazilmalarni boyitadi, quyultirgich donachalardan suvni ajratadi. Tuzilishi oddiyligi tufayli G. sanoatda keng ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |