Giorgio Armani

Italiyalik dizayner, tadbirkor, milliarder

Giorgio Armani (talaffuzi: Jorjio Armani; 1934-yil 11-iyulda Italiyada tugʻilgan) – dunyoga mashhur modelyer, „Emporio Armani“ moda imperiyasining asoschisi[1][2][3][4].

Giorgio Armani
Tavalludi 11-iyul 1934-yil (1934-07-11) (90 yosh)
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Mukofotlari
Andoza:Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni katta xochi (2001-yildan) Andoza:Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni buyuk ofitseri
Andoza:Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni komandori Faxriy legion ordeni

2001-yilga kelib, Armani eng muvaffaqiyatli italyan dizayneri sifatida va qizil gilam modasining asoschisi sifatida eʼtirof etildi. 2010-yilda dunyodagi eng baland bino boʻlgan Burj Xalifada Armani mehmonxonasini ochdi. Dunyodagi eng boy biseksual odam hisoblanadi[5]. Bloomberg Billionaires Index jurnalining 2021-yilgi hisobotiga koʻra, Armani boyligi 9,53 milliard dollarga teng boʻlgan[6].

Hayoti

tahrir

Armani Italiyaning shimolidagi Pyachensa shahrida tugʻilgan. Akasi Sergio, singlisi Rosanna, onasi Maria Raimondi va otasi Hugo Armani bilan yashagan. Armani Milanda Liceo Scientifico Leonardo da Vinchidagi oʻrta maktabda oʻqigan. Milan universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. Uch yil oʻqiganidan soʻng, 1953-yilda armiyaga ketdi. Tibbiy maʼlumoti tufayli u Veronadagi harbiy gospitalga shifokor etib tayinlangan[7].

Armani ikki yil davomida harbiy xizmatni oʻtab, 1957-yilda Milanda joylashgan La Rinascente universal doʻkonida oyna sotuvchisi boʻldi. Oʻsha yili doʻkonda Finlyandiyaning innovatsion toʻqimachilik, kiyim-kechak va uy jihozlari kompaniyasi – Marimekkoning kiyimlarini namoyish qildi. U erkaklar kiyimlari boʻlimida sotuvchi boʻldi. Bu lavozimda moda sanoatining marketing jihatidan qimmatli tajribaga ega boʻldi[7]. 1960-yillarning oʻrtalarida Armani Nino Cerruti kompaniyasiga oʻtdi va erkaklar kiyimlarini ishlab chiqdi. Cerutti uchun ishlashni davom ettirar ekan, bir vaqtning oʻzida oʻntagacha dizayn ishlab chiqarishga hissa qoʻshdi.

1960-yillarning oxirida Armani arxitektura ustasi Sergio Galeotti bilan tanishdi. Bu koʻp yillar davom etgan shaxsiy va professional munosabatlarning boshlanishini belgiladi. 1973-yilda Galeotti uni Milanda dizayn ofisini ochishga koʻndirdi. Bu keng qamrovli hamkorlik davriga olib keldi. Armani Allegri, Bagutta, Hilton, Sicons, Gibò, Montedoro va Tendresse kabi bir nechta moda uylarida mustaqil dizayner sifatida ishladi. Florensiyadagi Sala Byanka namoyishlaridan keyin xalqaro matbuot Armani muhim shaxsligini tan oldi. Tajriba Armani oʻz uslubini yangi yoʻllar bilan rivojlantirishga imkon berdi. 1975-yil 24-iyulda doʻsti Galeotti bilan Milanda Giorgio Armani brendiga asos soldi. Oʻsha yilning oktyabr oyida oʻz nomi bilan 1976-yil bahor va yoz uchun erkaklar tayyor kiyimlari toʻplamini taqdim etdi. Ayollar kiyimi liniyasini ham ishlab chiqdi[8].

Armani shuningdek, kino bilan aloqani reklama maqsadida ham, ijodkorlikni ragʻbatlantirish uchun ham muhim deb hisobladi. Armani oʻz ishini mashhur „American Gigolo“ filmi uchun, xususan, Julian Kaye rolini oʻynagan aktyor Richard Gere uchun suratga olish sharafiga muyassar boʻldi. Uning kiyimlarini kino orqali suratga olish haqiqatan ham Armani isteʼdodlarini ommalashtirishga yordam berdi. Gere Armani koʻylaklari liniyasini ochib, bu moda brendi uchun kinodagi eng yaxshi reklama kampaniyasini yaratdi. U Armani nomi va uslubini har qanday moda jurnali erisha olmaydigan darajada kengroq auditoriyaga taqdim etdi. Film Gere va Armanini yulduzga aylantirdi. Armani yuzdan ortiq filmlar uchun kostyumlar ishlab chiqdi, ulardan eng mashhuri „The Untouchables“ (1987) edi[9].

1996-yilda Eric Clapton Armani moda namoyishlari uchun qoʻshiqlar bastalagan va shundan beri Armani libosida kiyingan. Oʻsha yili Clapton Nyu-York shahrida ikkita Emporio Armani doʻkonini ochdi[10]. 1998-yilda Armani Claptonʼs Crossroads gitara auksioni uchun ziyofat uyushtirdi[11].

2008-yilda Armani Ispaniyaning Ronda shahridagi „Korrida Goyeska“da ispan buqa jangchisi Cayetano Rivera Ordonez kiygan „Goyesco“ nomli korrida kostyumini yaratdi. Ular bir nechta moda namoyishlari va boshqa tadbirlarda hamkorlik qilishgan[12].

2009-yil holatiga koʻra, Armani 60 ta Giorgio Armani butiklari, 11 ta Collezioni, 122 ta Emporio Armani, 94 ta A/X Armani Exchange, 1 ta Giorgio Armani Accessori va 13 ta Armani Junior doʻkonlaridan iborat chakana savdo tarmogʻiga ega edi. 2017-yil holatiga koʻra, uning yillik aylanmasi 1,6 milliard dollar va shaxsiy boyligi 8,1 milliard dollarni tashkil qilgan[13].

2001-yilda Armani eng muvaffaqiyatli italyan dizayneri sifatida eʼtirof etildi[14].

Innovatsiyalari

tahrir

Armani qizil gilam modasining asoschisi hisoblanadi[15].

Armani model Ana Karolina Reston anoreksiya tufayli oʻlgandan soʻng, 18 yoshgacha boʻlgan tana massasi indeksiga (BMI) ega modellarni taqiqlagan birinchi dizayner boʻldi[16].

Armani estrada yulduzi Lady Gaga uchun koʻplab sahna liboslarini ishlab chiqdi. U shuningdek, 52-Grammy Awards va 2010-yilgi MTV Video Music Awards kabi koʻplab nufuzli mukofot shoulari uchun liboslar taqdim etgan[17][18].

Mehmonxonalari

tahrir

Giorgio Armani va Emaar Properties PJSC oʻrtasida Giorgio Armani nomi ostida kamida yettita hashamatli mehmonxona, uchta dam olish maskani qurish boʻyicha shartnoma imzolangan. Giorgio Armani mehmonxonalarning ichki dizayni va uslubining barcha jihatlarini nazorat qilish uchun javobgar boʻldi.

Armani mehmonxonasi 2010-yil 27-aprelda Burj Xalifada ochilgan[19], Dubaydagi baland osmonoʻpar binoning pastki 39 qavatini oʻz ichiga oladi. Unda 160 ta mehmonxona va 144 ta turar joy mavjud[20]. Osmonoʻpar bino ichida joylashgan Armani Residences interyerini va Armani/Casa uy anjomlari kolleksiyasidan maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlar qatorini loyihalashtirmoqda[20].

Giorgio Armani Olimpia Milano basketbol jamoasi prezidenti[21] va "Inter" futbol jamoasi muxlisi[22][23].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Armani omma oldida biseksual sifatida tanilgan. U oʻzining biznes sherigi, 1985-yilda yurak xurujidan vafot etgan dizayner Sergio Galeotti bilan uzoq muddatli munosabatlarda boʻlgandi. Yaxtada suzib yurishni yaxshi koʻradi[24][25][26]

Manbalar

tahrir
  1. Giorgio Armani Presents New England Football Team Off-Field Wardrobe for European Championships (Wayback Machine saytida 2011-06-08 sanasida arxivlangan)(ingl.)
  2. „An Excellent Pitch“ (2007-yil 3-avgust). 2012-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-aprel. (WebCite saytida 2012-02-23 sanasida arxivlangan)(ingl.)
  3. Giorgio Armani to be named UNHCR Goodwill Ambassador(ingl.)
  4. Forbs: 33 milliardera, sdelavshix sostoyanie na mode.
  5. „Label Overview“ (en). New York Magazine (6-iyul 2007-yil). 2012-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2011-yil.
  6. Giorgio Armani, The Father Of Italian Fashion (Wayback Machine saytida 2009-03-15 sanasida arxivlangan)(ingl.)
  7. 7,0 7,1 Molho 2007.
  8. Pizzi, Sara (16 May 2010), „Giorgio Armani“, Vogue, 22 December 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18 December 2015
  9. Snead, Elizabeth (28 June 1987), 'The Untouchables': A Clothes Controversy“, Sun-Sentinel, 22 December 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18 December 2015
  10. York. „12 September 1996 - Eric Clapton & His Band“. Where's Eric!. 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  11. Eric Clapton My Life – The Autubiography
  12. „Giorgio Armani Designs Costume for Cayetano Rivera Ordonez for The Corrida Goyesca. Armani Press (2008-yil 29-iyul). 2011-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-dekabr.
  13. „Giorgio Armani“. The World's Billionaires. Forbes (2012-yil mart). 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-aprel.
  14. Craven. „Giorgio Armani biography“. Vogue (2011-yil 11-may). 2011-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-iyul.
  15. „Giorgio Armani: the man who invented red-carpet dressing“. The Daily Telegraph (2014-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  16. „Brazil mourns as anorexia claims another model's life“ (en). Reuters (2007-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  17. Fancye. „Lady Gaga: 10 Most Outrageous Outfits“ (en). WhatCulture.com (2013-yil 1-may). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  18. „2010 MTV VMAs - Lady GaGa In Giorgio Armani & Franc Fernandez“ (en-US). Red Carpet Fashion Awards (2010-yil 13-sentyabr). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  19. „Armani hotel opens in Dubai's Khalifa tower“. Jpost.com. Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.
  20. 20,0 20,1 „Armani Hotels, Resorts and Residences official website“. Armanihotels.com. Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.
  21. https://basketnews.com/news-166568-armani-exchange-owner-giorgio-armani-this-is-the-strongest-team-ive-ever-had.html
  22. Alexander, Hilary. „Armani turns England out in a style that will suit Beckham“. The Daily Telegraph (2003-yil 19-may). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-iyul.
  23. „Giorgio Armani Biography“. WhyFame. 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-iyul.
  24. „Armani, Giorgio (b. 1934)“. glbtq.com. 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-aprel.
  25. Will Giorgio Armani be the Last Fashion Designer? New York. Retrieved 24 April 2015.
  26. Giorgio Armani and Sergio Galeotti: A Love Story LuxeMag, 21 July 2010. Retrieved 24 April 2015.