Giper va gipoproteinemiya
Ushbu sahifani Nefrotik sindrom bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Giperproteinemiya - qon plazmasi oqsillari umumiy miqdorining oshishi boʻlsa, gipoproteinemiya - plazma oqsillari umumiy miqdorining kamayishi. (norma: umumiy oqsil - 7,4g/dL (6,4-8,3); albuminlar - 4,8g/dL (3,5-5,5); globulinlar - 2,3g/dL (2-3,5); Albumin/globulin nisbati (A/G) 1,7:1) )[1][2]
1.Ovqat tarkibida oqsillar yetishmovchiligi va zahiraning sarflanishi hisobiga yuzaga keladi.
2.Spru kabi ichak kasalligi sababli malabsorbsiya sindromi gipoproteinemiya bilan bogʻliq.
3.Gepatit, sirroz kabi jigar kasalliklari sababli jigarda oqsillar sintezi pasayishi bilan bogʻliq.
4.Nefrotik sindrom kabi buyrak kasalliklari sababli oqsillarning buyrak bilan yoʻqotilishi bilan bogʻliq.
5.Qon yoʻqotish yoki keng yuzali kuyish sababli oʻtkir gipoproteinemiya kelib chiqadi.
6.Irsiy analbuminemiya (genetik kasallik, albumin sintezi amalga oshmaydi).
7.Tugʻma afibrinogenemiya (genetik kasallik, qon ivish nuqsoni bilan tavsiflanadi).
Plazma oqsillari miqdorining kamayishi osmotik bosim pasayishiga olib keladi hamda tana toʻqimalarida shish paydo boʻlishiga olib keladi. (oqsil kamayishi hisobiga shish kelib chiqishi shishlar patogenezining bir yoʻli boʻlib, jarayon yuqorida koʻrib chiqilgan onkotik bosim pasayishi hisobiga boradi).
Giperproteinemiya sabablari
tahrir1.Oʻtkir yalligʻlanish hollarida oʻtkir fazali oqsillar sintezi oshishiga sabab boʻladi (m: C-reaktiv oqsil, alfa antitripsin, gaptoglobin, fibrinogen va seruloplazmin).[1][3] 2.Miokard infarkti kabi toʻqima oʻtkir destruksiyasi oʻtkir fazali oqsillar sintezi oshishiga sabab boʻladi.
3.Surunkali yalligʻlanish va Malignizatsiyada ham C-reaktiv koʻtarilishi kuzatiladi.
4.Mielom kasalliklarda suyak iligi anormal shakllanishi tufayli Bence-Jones deb nomlanuvchi oqsillar va mielom globulinlar miqdori oshishi kuzatiladi.
Normal A/G nisbatining oʻzgarishi
tahrirA/G (albumin / globulin) nisbati normada 1,7:1 holatida boʻladi. Ammo, qachonki jigar kasalliklarida albumin sintezi kamaysa (Globulinlar bu vaqtda B limfotsitlardan sintezlanganligi sababli normal boʻladi) yoki globulinlar miqdori ortsa nisbat oʻzgarishi kuzatiladi.[1]