Giperboloidlar (giperbola va yun. eldos — koʻrinish) — ikkinchi tartibli markaziy sirtlar. Bir pallali va ikki pallali giperboloidlar boʻladi. Bir pallali giperboloidlar chiziqli sirtlar turkumiga taalluqli; uning har qanday nuqtasi orqali shu bir pallali giperboloidlar sirtida yotadigan ikki toʻgʻri chiziq oʻtadi (bular toʻgʻri chiziqli yasovchilar deyiladi). Uni turli tekisliklar bilan kesganda kesimda har xil 2-tartibli egri chiziqlar: ellips, giperbola hamda bir-biri bilan kesishuvchi toʻgʻri chiziklar hosil boʻladi. Giperboloidlarning amaliy ahamiyati katta (mas, rus ixtirochisi V. Giperboloidlar Shuxov (1859— 1939) tizimidagi radiominora bir pallali giperboloidlar shaklida yasalgan).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil