Gipermorfoz
Gipermorfoz (giper... va yun. Morphe — shakl, koʻrinish) — filogenetik rivojlanish yoʻli. Bunda alohida organlar (mas, qazilma qilich tishli yoʻlbars va babirussaning qoziq tishlari, katta shoxli bugʻuning shoxlari va b.) gipertrofiyasn tufayli organizmning muhit bilan munosabati buziladi. G.da organizmlar muayyan muhit sharoitiga juda tor doirada moslashganligi tufayli muhitning har qanday oʻzgarishi ularning qirilib ketishiga sabab boʻlishi mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |