Giperonlar (giper...) — massasi neytron massasidan katta boʻlgan beqaror ogʻir barionlar. G. yashash vaqti 10 10 s, yaʼni yadro vakti (10~23 s) dan ancha katta. Lyambda (L°), sigma (Z+, IP, Z"). ksi (3-, H°) va omega (qarang) G.i mavjud. G.ning yuqori qismidagi ishoraning mutlaq qiymati elektron zaryadiga teng elektr zaryadining ishorasini koʻrsatadi. Barcha G. spini 1/2 ga teng, fakat O. niki 3/2. G. kuchsiz oʻzaro taʼsir natijasida nuklonlarga va yengil zarralar: ya-mezonlar, elektronlar, neytrinoga parchalanadi va uzoq yashaydi. Ular Vilson kamerasida iz qoldiradi. G. bir necha GeV energiyali proton tezlatkichlarda olinadi. L0-, Z", Ye- yoki Q- zarralar har doim pion yoki nuklon bilan birga paydo boʻladi, shuning uchun G. ajibzarralar deyiladi. G.ning ajibligi yana shundaki, kutilganga nisbatan 1014 marta sekin parchalanadi. L°- zarra (giperon) proton va piondan 37 MeV ogʻir, u neytral, Z- zarra (giperon) L°- zarradan 78 MeV ogʻir, l~ giperon L°- zarradan 205 MeV ogʻir. Har bir G.ning antizarrasi — antigiperon mavjud. Ular G.dan elektr va barion zaryadlarining ishorasi bilan farqlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil