Gipertovush - chastota yu si 10’1013 Gs gacha boʻlgan elastik toʻlqinlar spektrining yuqori chastotali qismi. Gipertovush boʻylama toʻlqin boʻlib, fizik tabiatiga koʻra ultratovush (yu=2-104—109 Gs)dan farq qilmaydi, lekin gipertovush chastotasi nisbatan katta boʻlgani uchun u muhitdagi zarra va kvazizarralar bilan nisbatan kuchli taʼsirlashadi. Gipertovushni koʻpincha kvazizarralar — fononlar oqimi deb qaraladi.

Gipertovushning chastota sohasi elektromagnit toʻlqinlarning desimetr, santimetr va millimetr oraligʻiga, yaʼni oʻta yuqori chastotasi (OʻYUCH)ga toʻgʻri keladi. Shu sababli uning toʻlqin uzunligi qisqa (<\07 m) boʻlganligi uchun havoda (uncha katta bulmagan bosimdagi gazda) tarqalmaydi, suyuqliklarda esa yutilish kuchli boʻlgani uchun tarqalish masofasi kichik. Qattiq jismlarda, nuqsonsiz kristallar — monokristallarda, past temperaturalarda gipertovush nisbatan yaxshi tarqaladi. Masalan, kvars monokristallining uqi boʻylab xona temperaturasida gipertovush tarqalganda uning tebranish amplitudasi 1 sm masofada 2 martaga kamayadi.

Gipertovush— jism yoki modda atom (ion) yoki molekulalarining tebranma harakati tufayli, yaʼni tabiiy issiqlik harakati va sunʼiy uygʻotilgandagi harakati tufayli vujudga kelishi mumkin. Chastotasi IO9— 1013 Gs boʻlgan va issiqlik harakati tufayli vujudga kelgan toʻlqinlar issiqlik gipertovushi yoki issiqlik fononlari deb ataladi. Bu toʻlqinlar, yaʼni gipertovush optik bir jinsli muhitlarda yorugʻlikning sochilishiga va uning chastotasi oʻzgarishiga (Mendelshtam — Brillyuen-sochilishi), qattiq jismlarda esa 1012—1013 Gs chastotali gipertovush rentgen nurlarining diffuznoy sochilishiga olib keladi.

Gipertovushning suyuqliklarda tarqalish tezligi uning chastotasiga bogʻliqligi, (gipertovush dispersiyasi), qator suyuqliklarda yutilish koeffitsiyentining nisbatan kichikligi (anomal holat) aniqlangan. gipertovushni hosil qilish uchun koʻpincha plastina shaklidagi rezonans pyezoelektrik oʻzgartirgichlar ishlatiladi. Gipertovushning toʻlqin uzunligi qisqa boʻlgani uchun plastina kalinligi juda kichik boʻlishi kerak, buning uchun pyezoelektrik modda (mas, CdS, ZnS, ZnO va b.) plyonkalari tovush oʻtkazgichlarga vakuumda purkalib hosil qilinadi. Shu jumladan, pyezoelektrik kristall OʻYUCH li elektr maydoni taʼsirida pyezoelektrik deformatsiyalanishi natijasida gipertovush hosil qilinadi. Deformatsiya chastotasi gipertovush chastotasiga mos boʻladi. Gipertovush OʻYUCH magnit maydonida kristallarda magnitostriksiya hodisasi asosida ham hosil qilinadi. Yuqorida qayd qilingan usullarning f.i.k. juda kichik (bir necha %). Shuning uchun gipertovushni hosil qilish uchun lazerlar, oʻta oʻtkazgich asosidagi nurlatgichlar qoʻllanadi. Gipertovushning xususiyatlari uni modda xossalarini, ayniqsa, qattiq jismlar fizikasini oʻrganishda qoʻllashga, shu jumladan akustoelektronika va akustooptika qurilmalarini yaratishga imkon beradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil