Gipospadiya
Gipospadiya (yunoncha: hypospao — pastga tortaman) — tugʻma norasolik. Siydik chiqarish kanali ostining yoriq boʻlishi, shu sohaning quyi Femida homila shakllanayotgan davrda buzilish roʻy berishi, siydik chikarish kanali (uretra)ning takomillashmay qolishi. Bunda uretraning tashqi teshigi olat boshiga emas, balki olat tagiga, yorgʻoqqa yoki oraliqqa ochilgan boʻladi, siydik ana shu teshikdan chiqadi. Bu teshikdan to olat boshi oraligʻigacha boʻlgan xorda tortmoqlari olatni vergulsimon yoki oʻroqsimon shaklda tutib turadi va bu holat bola oʻsgan sayin kuchayaveradi. G. bolaning 6 oylik paytidan boshlab jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etiladi. Aks holda bola jimo(jinsiy aloqa)ga yaroqsiz boʻlib qoladi, bepushtlikka olib keladi. Operatsiya qancha barvaqt qilinsa, shuncha yaxshi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |