Gips-beton
Gips-beton — qurilish gipsi asosida tayyorlanadigan beton turi (qarang Gips). Gips-betonni tayyorlashda tosh minerallar (koʻpincha, gʻovak va gʻadir-budur sirtli) va organik (yogʻoch qipiqlari, mayda somon va b.) toʻldirgichlardan foydalaniladi. Gips-betonga, odatda, qovushishini sekinlashtiruvchi qoʻshilmalar, shuningdek, uning suv va atmosfera taʼsirlariga chidamliligini oshiradigan qoʻshilmalar qoʻshiladi. Gips-beton yogʻoch yoki organik materiallar bilan armaturalanadi. Gips-beton asosida panellar va toʻsiq plitalari, ventilyatsiya bloklari, qoplama listlar ("quruq suvoq") va b. tayyorlanadi (qarang Gips-beton buyumlar]]).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |