Gisterezisli elektr dvigatel — elektr dvigatelining bir turi. Rotori silindr yoki disk shaklida chulgʻamsiz qilib ishlanadi. G. e. d.ning yurgizish momenti rotor materialidagi gisterezis hodisasi asosida, aylantirish momenti esa rotorning qoldiq magnit maydoni bilan statorning aylanish maydoni kesishishidan hosil boʻladi. G. e. d. boshqaturdagi elektr dvigatellariga nisbatan ish koʻrsatkichlari yaxshi, mustahkam, koʻpga chidaydi, shovqinsiz va turli tezliklarda ishlay oladi. Kam quvvatli elektr yuritmalari va avtomatik boshqarish tizimlarida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil