Glazov
Glazov — Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi Chepsa daryosi (Vyatkaning irmogʻi) boʻyida. Aholisi 87 ming 762 kishi (2021)[1]. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel fabrikasi, pedagogika instituti bor. Glazov 1780-yil vujudga kelgan.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |