Gledichiya, tikandaraxt (Gleditshia) — burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bargi qoʻsh patsimon murakkab. Gullari bir jinsli., aktinomorf, mayda, koʻkish, barg qoʻltigʻidan chiqqan boshoqsimon chochoq toʻpgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi maʼlum. Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan tikanli G. (G. tricanthos) Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ekiladi. Tez usadi, boʻyi 40 m gacha boʻladi. May—iyunda gullaydi; qurgʻoqchilikka chidamli, qattiq tikanli, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi. G.ning guli nektarga boy.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil