Glivitse (polyakcha: Gliwice, silezcha: Glywicy, nemischa: Gleiwitz ) — Polshaning janubidagi Sileziya voivodligidagi (viloyat) shahar. Aholisi 215 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni, Glivitse kanali boʻyidagi muhim daryo porti. Yuqori Sileziya toshkoʻmir havzasining eng muhim markazlaridan biri. Ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, poʻlat eritish korxonalari, koʻmir shaxtalari, politexnika instituti, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Glivitse shahar sifatida XII asr oxirlarida maʼlum.

Glivitse

polyakcha: Gliwice
Shahar Glivitse
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
50°17′0″N 18°40′0″E / 50.28333°N 18.66667°E / 50.28333; 18.66667
Mamlakat Polsha
Hukumat
mer
Ilk eslatilishi 1276
Avvalgi nomlari Gleiwitz
Maydon 13,385 km2 (5,168 kv mi)
Markazi balandligi 200 m
Aholisi
179 806 (2 018-yil)[1]
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi (+48) 32
Pochta indeks(lar)i 44-100 dan 44-164 gacha
Avtomobil kodi SG
Glivitse xaritada
Glivitse
Glivitse

Tarixi

tahrir

Shahar haqidia ilk eslatma 1276-yilga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda Polshaning bir qismi boʻlgan. 1683-yilda Polsha qoʻshinlari Glivitsa orqali Vena jangiga yoʻl oldilar. Bu vaqtda shaharga Polsha qiroli va Litva Buyuk knyazi Yan III Sobieski tashrif buyuradi. 1742-yildan boshlab shahar Prussiya, 1871-yildan esa Gleiitz (nemischa: Gleiwitz ) nomi bilan Germaniya tarkibida boʻlgan.

Birinchi jahon urushidan soʻng, Polshaning uchta Sileziya qoʻzgʻoloni (1919-1921) boʻlib, uchta plebisit oʻtkazildi. 1921-yil 20 martda boʻlib oʻtgan ovoz berishda aholi Polshaga yoki Germaniyaga tegishli boʻlishni xohlashi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak edi. 32 029 saylovchi (78,7 % ovoz) Germaniyada qolishni, 8558 kishi (21,0 %) Polshaga koʻchishni yoqladilar. 113 ovoz (0,3 %) haqiqiy emas deb topildi. Saylovlarda ishtirok etish darajasi 97,0 foizni tashkil etdi.

Ushbu shahar yaqinida (oʻsha paytdagi Polsha-Germaniya chegarasida joylashgan), Germaniya maxsus xizmatlari 1939-yil 31-avgustdan 1-sentabrga oʻtar kechasi provokatsiya uyushtirishadi. Polsha harbiy formasi kiygan bir guruh odamlar tomonidan Gleyvits radiostansiyasini bosib olinadi va keyinchalik bu voqea Vermaxt Polshani bosib olish uchun bahona sifatida foydalanilgan epizodlardan biri boʻladi.

1945-yil yanvar oyida shaharda 55000 kishi yashagan. Mart oyida shahar Polsha tasarrufiga oʻtadi va Glivitse nomini oladi. 18 martda shahar Sileziya voyvodligining tarkibiga kiritiladi. 1945-yil may oyida shaharga birinchi polyaklar joylashdilar. 1945-yil 6-avgustda Polsha hukumati mahalliy aholini Germaniyaning Britaniya bosib olgan zonasiga rasmiy ravishda chiqarib yuborishni boshlaydi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Erkin iqtisodiy zonada joylashgan shaharda General Motors avtomobil zavodi — General Motors Manufacturing Poland joylashgan.

Madaniyat va sport

tahrir

2019-yil 6-mart kuni Yevropa teleradioeshittirishlar ittifoqi 2019-yil 24-noyabr kuni Glivitsa shahrida „Junior Eurovision“ qoʻshiq tanlovining final bosqichi „Glivice Arena“da boʻlib oʻtishini eʼlon qildi.

2019-yil Polsha chempioni boʻlgan „Piast“ futbol klubi ushbu shaharda joylashgan.

Gallereya

tahrir
 
Panorama

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. „Wyniki badań bieżących“ (pl). Baza Demografia. Główny Urząd Statystyczny (2018). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.