Gneys (nem. Gneis) — granitoid tarkibli kristalli slanes. Choʻkindi va magmatik jinslarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Rangi oqish, kulrang , yashilsimon. Ichki tuzilishi granoblast va porfirblast, tashqi tuzilishi yoʻl-yoʻl ("gneyssimon") massiv koʻrinishida. Tarkibida kvars, dala shpati, biotit, muskovit, amfibol, baʼzan avgit boʻladi. Bundan tashqari slanesda granat, sillimanit, aksessor minerallardan apatit, sirkon, sfen hamda rudali minerallar uchraydi. Tarkibidagi minerallarga qarab G.lar biotitli, amfibolli, piroksenli, granatli deb ataladi. G.ni paydo boʻlishiga koʻra nemis geologi K.G.Rozenbush (1891) ortogneys va paragneysga ajratgan. Choʻkindi jinslarning metamorflanishidan paragneys, magmatik togʻ jinslarining metamorflanishidan ortogneys hosil boʻladi. G. Oʻzbekistonda Hisor togʻlarining janubi-sharqida, Sultonuvays, Ovminza togʻlarida bor. RF (Kola yarim orol), Ukraina, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. joylarda koʻp tarqalgan. Tokembriy davri jinslarida esa ayniqsa koʻp. Shagʻal tayyorlashda, yoʻlka plitalarida va bino poydevorlarini bezashda koʻp ishlatiladi.

...GNOZIYA (yun. gnosis — taʼlimot, fan) — qoʻshma soʻz tarkibiy qismi boʻlib, "bilim" soʻzi maʼnosi ifodasini beradi (mas, farmakognoziya).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil