Gnomon (yun. gnomon — bilimdon) — qad. astronomik asbob. Tekis maydonga oʻrnatilgan tik ustuncha (sterjen) dan iborat. G. soyasining uzunligi va yoʻnalishiga qarab Quyoshning ufqdan balandligi va azimutini, tush vaqtini aniqlash mumkin. Ilgari G. yordamida ekvatorning ekliptikaga ogʻmaligini va geografik kenglikni aniqlashgan, hozir G.dan quyosh soati sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil