Sevan
(Go`kchadan yoʻnaltirildi)
Sevan (Goʻkcha) — Armaniston va Kavkazdagi eng katta koʻl, 1900 m balandlikda. Maydoni 1360 km². Oʻrtacha chuq. 28,5 m. Eng chuqur joyi 83 m. S.ni 2 ta burun shim.gʻarbiy (Kichik Sevan) va jan.sharqiy (Katta Sevan) qismlarga ajratib turadi. Koʻlga 28 soy quyiladi, koʻldan Razdan (Zanga) daryosi oqib chiqadi. Bu daryoga 6 ta GES qurilgan. Sda xonbaliq va boshqa baliklar ovlanadi. Koʻl suvi va Razdan daryosining suvidan Sevan GES kaskadida foydalaniladi. Arpa daryosining suvini koʻlga quyish uchun Arpa — Sevan tonneli (uz. 49 km) qurilgan. Sevan sohilida Sevan sh. joylashgan. Koʻl atrofi dam olish zonasiga aylantirilgan. Turizm rivojlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |