Goʻsht pashshalari - ikki qanotli hasharotlarning yigʻma guruhi, koʻk G.p. (Calliphoridae) va kulrang G.p. (Sarcophagidae) oilalarini oʻz ichiga oladi. Koʻk G.p.ning tanasi yaltiroq-yashil yoki koʻk, yaltiroq-qoramtir tuklar bilan qoplangan. Har xil joylarda, jumladan hayvonlar tezagi, axlatxonalarda uchraydi. Ayrim sinantrop (odamlar yashaydigan joylarda yashovchi) turlari kasallik tarkatadi yoki terida yara paydo qiladi. Qurtlari hayvonlar oʻlimtigi, kushxonalar va oziq-ovqat chiqindilarida, goʻng va axlatda koʻpayadi. Kulrang G.p.ning tanasi yirik tuklar bilan qoplangan. G.p.ning 2500 ga yaqin, jumladan Oʻzbekistonda 150—170 turi maʼlum. Tirik tugʻadi. Qurtlari hasharotlar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi yoki ularning oʻlimtigi bilan oziqdanadi. Bir qancha turlari nashtarli pardaqanotlilar inida yashab, ular gʻamlagan oziqni yeydi. Kulrang G.p.dan volfart pashshasi koʻpchilikka maʼlum.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil