Goʻyanda
Goʻyanda — 1) taʼziya marosimida aza qoʻshigʻini aytib, marhumga boʻlgan izzat-hurmatini, uning yaxshi hislatlarini yigʻi, yoʻklov, aytish bilan izhor etuvchi ayol; 2) qadimda toʻy, sayil-tomosha va shodiyonalarda hikoya, qissa aytguvchi kishi. Goʻyandalar yakka-yakka yoki teatrlashgan ansambl tarzida ijro etishgan. Ansambl tarzidagi goʻyandalar tarkibi saroyanda (ashulachi) va navozanda (cholgʻuchi)lardan iborat boʻlib, goʻyanda hikoyasini kuy va qoʻshiq bilan rivojlantirishga xizmat qilgan. Bu toifadagi goʻyandalar faqat erkaklardan iborat boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |