Goʻzal Ismatova
Goʻzal Odiljon qizi Ismatova (tugʻ. 1996-yil 3-yanvar, Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston — 2021-yil 22-fevral[1]) — oʻzbek bokschisi, ogʻir vaznda ishtirok etgan. 2014-2017-yillarda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan va 2017-yilda boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi.
Go'zal Ismatova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
3-yanvar 1996-yil Jizzax viloyati |
Vafot sanasi |
22-fevral 2021-yil (25 yoshda) |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Murabbiy(lar)i | Gʻayrat Karimov |
Medallar | |
Biografiya
tahrirGoʻzal Ismatova 2017-yilda Jizzax olimpiya zaxiralari kollejini tamomlab, boks bilan shugʻullangan. 2017-yilda Jizzax davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirgan[2]. U 2021-yil 22-fevralda saraton kasalligidan vafot etdi[3].
Sport faoliyati
tahrirGoʻzal sport ustasi murabbiyi Gʻayrat Karimov rahbarligida boks bilan shugʻullana boshlagan[4]. 2013-yilda viloyat chempionatida birinchi oʻrinni egallagan, 2014-yilda esa mamlakat chempionatida respublika chempioni boʻlgan. 2015-2017-yillarda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻlgan[2].
2015-yili Ulanchabda (Xitoy) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida u finalda xitoylik bokschi Van Shijinga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[4]. 2016-yilda Ostonada (Qozogʻiston) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida u muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, ochilish jangida xitoylik bokschi Van Shijinga yutqazib qoʻydi[5]. 2017-yilda Xoshiminda (Vyetnam) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida u final uchrashuvida vetnamlik bokschi Ti Tran Nini magʻlub etib, qitʼa chempioniga aylandi[6].
2018-yilda Nyu-Dehlida (Hindiston) ayollarning boks bo‘yicha o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida u chorak finalda rossiyalik bokschi Kristina Tkachevaga yutqazib qoʻydi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Skonchalas 25-letnyaya chempionka Azii po boksu Guzal Ismatova“. 2021-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Спортивные клубы“ (ru). Jizzax Davlat Pedagogika Instituti (2016-yil 18-iyun). 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ „Скончалась чемпионка Азии по боксу Гузаль Исматова“ (ru). Газета.uz (2021-yil 22-fevral). Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 „Женский бокс. Гузаль - серебряный призёр чемпионата Азии“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ „AIBA Women's World Boxing Championships Astana 2016“ (en). AIBA. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ „Гузаль Исматова – чемпионка Азии! | Qaraqalpaqstan Xabar Agentligi“ (ru). kknews.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
- ↑ „Узбекистанка неудачно выступила на чемпионате мира по боксу“ (ru). Sputnik Узбекистан. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.