Liotrop qatorlar (yun.luo - eritaman va trope — burilish, oʻzgarish), Gofmeyster qatorlari — biror erituvchida eritilganida oʻsha eri-tuvchi muhitida oʻtadigan kimyoviy re-aksiyalar tezligi va chuqurligiga, shuningdek, erituvchining xossalariga qarab muayyan tartib bilan joylashtirilgan ionlar qatori. Suvdagi eritmalarda faollashtirilgan koʻmir yoki boshqa ad-sorbentlar bilan adsorbsiyalana olish xususiyatining kuchayib borishiga qarab qator qilib joylashtiriladigan, zaryadi birga teng anorganik anionlar F-, SN3SOO , NSOO , S1 , Br-, NO,-, I-, CNS- va ishqoriy hamda ishqoriy - yer metallarning zaryadi bir va ikkiga teng kationlari Li+, Na+, NH+4, K+, Rb+, Cs+; IT, Ag+, UO2+2, Be2+, Mg2+, Cd2+, Ca2+, Sr2+, Ba2+ ning Liotrop qatorlari tavsifli. Turli kimyoviy-texnologik va biokimyoviy jarayonlarni tushunish va yoʻnalishli boshqarishda Liotrop qatorlar tushunchasi muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil