Gogul
Gogul bolalar brauzeri — Ota-onalar farzandini internetdan toʻgʻri foydalanishini nazorat qilish, bolalarini nomaqbul kontentdan onlayn tarzda cheklashga moʻljallanga Mozilla Firefox brauzaerining bepul kengaytmasi[1]. Rossiyaning „Novoye pokoleniye“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan[2][3]. 2020-yilda loyiha internet-i-deti.ru saytiga oʻtdi.
Gogul bolalar brauzeri | |
Dasturdan skrinshot | |
Ishlab chiquvchi | Novoye pokoleniye |
---|---|
Status | Mozilla Firefox kengaytmasi |
Vebsayt: | internet-i-deti.ru gogul.tv |
Ishlash tizimi
tahrirMustaqil brauzer sifatida paydo boʻlgan Gogul bolalar kirishi mumkin boʻlgan „oq“ vebsaytlar katalogiga ega. Bu katalogga kiritilmagan vebsaytlarga esa kirish blokirovka qilingan[4]. Brauzerning manzil satriga URL manzilni kiritishda yoki havolaga oʻtishda Gogul kiritilgan manzilning mavjud vebsaytlar katalogida bor yoki yoʻqligini tekshiradi, agar yoʻq boʻlsa, saytga oʻtishni taqiqlaydi. Hozirda Gogulni brauzerga oʻrnatib boʻlmaydi, chunki Mozilla oʻzining kengaytmasidan bu plaginni chiqarib tashlagan.
Ota-onalar nazorati
tahrirKengaytmaning sozlamalari ota-onalarning shaxsiy hisobidan boshqariladi, undan foydalanish uchun kengaytmaning vebsaytida roʻyxatdan oʻtish kerak[4]. Gogul, shuningdek, ruxsat etilgan vebsaytlarning mavjud katalogini kengaytirish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun shaxsiy hisobga kirish orqali ota-ona farzandi kirmoqchi boʻlgan vebsayt yoki vebsaytlarni mustaqil ravishda qoʻshishi mumkin. Har bir bola uchun ota-onalarning shaxsiy nazorat sozlamalari mavjud: davomiylik, onlayn oʻtkazgan vaqti va ruxsat etilgan vebsaytlar roʻyxati. Kengaytma, shuningdek, bola kirgan saytlarning daqiqalik statistika maʻlumotlarini ham yuritadi[4]. Agar ota-ona xohlasa, farzandi internetdan cheksiz foydalanishi uchun shaxsiy hisob sozlamalarida „Hamma narsaga ruxsat berilgan“ variantni belgilashi kerak, bu rejimda Gogul faqat ota-onalar uchun farzandi foydalangan vebsaytlar statistikasini toʻplaydi.
Angry Duck
tahrirAngry Duck — bu Gogulning ishlashi uchun ixtiyoriy boʻlgan bepul dastur, dastur ishlashi davomida Goguldan tashqari, barcha brauzerlarni bloklaydi, bu esa bolaning ruxsatsiz boshqa vebsaytlarga kirish imkoniyatini yoʻq qiladi. Blokirovkani dasturga ota-onalarning paroli bilan kirganda bekor qilish mumkin.
Mukofotlari
tahrirPC Magazine Russian Edition jurnali tomonidan 2009-yildagi eng yaxshi dasturlar roʻyaxtiga kiritilgan[5]. 2009-yilda Aleksandr Plushev mukofotiga nomzod boʻlgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „Opasniye djungli interneta“ (rus tilida) (2010-yil 19-mart). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
- ↑ „V Runete poyavilsya perviy russkoyazichniy detskiy brauzer“ (rus tilida) (2009-yil 12-avgust). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Detskiy internet-brauzer poyavilsya v Rossii“ (rus tilida) (2009-yil 13-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Detskiye brauzeri — zashita rebenka ot ugroz interneta“ (2009-yil 26-avgust). 2022-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Luchshiye programmi 2009 goda po versii PC Magazine“ (rus tilida) (2009-yil 17-noyabr). 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Detskiy brauzer Gogul teper dostupen kak rasshireniye dlya Mozilla Firefox“ (rus tilida). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.