Goldshmidt Viktor Morits
Goldshmidt Viktor Morits (1888.27.1, Syurix - 1947.20.3, Oslo) — norvegiyalik geokimyogar, geokimyo asoschilaridan biri. Oslodagi Geologiya muzeyining direktori, Oslo universiteti prof. (1914). G. kimyoviy elementlarning geokimyoviy tasnifini ishlab chiqqan. G.ning kristallar kimyosi sohasidagi ishlari elementlarning Mendeleyev davriy sistemasidagi oʻrni bilan atom va ion kattaliklari oʻrtasida muhim bogʻlanish borligini ochib berdi. G. temir guruxidagi elementlarning migratsiyasini, shuningdek, galliy, seriy, skandiy, bor, litiy, rubidiy, seziy, berilliy, selen, margimush, oltin va platinali metallarni Yer poʻstida tarqalish xususiyatini oʻrgandi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |