Dengiz bodringlari

(Goloturiyalardan yoʻnaltirildi)

Dengiz bodringlari, dengiz koʻzachalari, goloturiyalar (Holoturoidea) — ninaterililar tipiga mansub sinf. Tanasi koʻpincha boch-kaga oʻxshash yoki chuvalchangeimon, uz. bir necha mm dan 2 m gacha, koʻpchilik turlari tanasi sirtida har xil oʻsimtalar (paypaslagichlar, oyoqchalar, pa-pillalar, yelkan va b.) boʻladi. Tanasi yumshoq teri bilan qoplangan. Terisida har xil mikroskopik ohak skelet plastinkalar, yaʼni spikulalar mavjud, baʼzan terisi yoppasiga ohak plastinkalar bilan qoplangan boʻladi. Ogʻzi tanasining oldingi tomonida joylashgan paypaslagichlar bilan oʻralgan. Koʻpchilik turlari xavf tugilganida ichki organlarini tanadan tashqariga chiqarib tashlash (evisseratsiya) yoki tanasining keyingi qismini uzib tashlash (avtotomiya) xususiyatiga ega. Tananing yoʻqolgan qismi yana qaytadan tiklanadi. 5 turkumi 11000 ga yaqin turi maʼlum. Barcha okean va dengizlarda tarqalgan. Detritofaglar, tuxumini suvga qoʻyadi. Tuxumdan aurikulyariya va doliolyariya lichinkalari chiqadi. Ayrim turlari ovlanadi.

Dengiz bodringlari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil