Gondvana (Hindistonning markaziy qismida yashovchi gondlar qabilasi va Van — joy nomidan) — paleozoyning koʻp qismi va mezozoyning boshlarida Jan. yarim sharda mavjud boʻlgan ulkan superkontinent. Gondvana hozirgi Jan. Amerikaning (And togʻlaridan sharqi) va Afrikaning (Atlas togʻlaridan tashqari) koʻp qismini, Madagaskar orol, Arabiston yarim orol, Hindiston (Himolay togʻlaridan janubi), Avstraliya sharqidagi togʻ tizmalaridan gʻarbi va, ehtimol, Antarktidaning koʻp qismini oʻz ichiga olgan. Gondvananing mavjudligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha proterozoy va yuqori karbon davrida gondvanani muzlik qoplagan. Yuqori karbon muzligining qoldirgan izlari Markaziy va Jan. Afrika, Jan. Amerikaning jan.da, Hindiston va Avstraliyada saqlangan. Karbon va perm davrlarida gondvanada moʻʼtadil va sovuq, mintaqaning oʻziga xos florasi rivojlangan. Mezozoy davrida gondvana parchalana boshlagan, boʻr davri oxiri—paleogen davrining boshlarida esa gondvana xrz, materiklarga boʻlinib ketgan. Koʻpchilik geologlar fikricha, gondvananing boʻlinib ketishiga uning hozirgi boʻlaklarini gorizontal boʻylab ikki tomonga surilishi sabab boʻlgan. Bunday jarayon paleomagnetizm maʼlumotlari boʻyicha isbotlangan. Baʼzi bir olimlar hozirgi qitʼalar gondvananing parchalaridan tarkib topgan deb hisoblaydilar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil