Gong Li
Gong Li — (talaffuzi, Gong li) Xitoy aktrisasi.
Gong li | |
---|---|
鞏俐 | |
Tavalludi |
31-dekabr 1965-yil |
Fuqaroligi | Xitoy → Singapur |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1987 — hozirgi kunda ham |
Yoʻnalish | Drama |
1965-yili 31-dekabrda Shenyanda tavallud topdi. Oilasidagi beshinchi farzand. Otasi Gong Litsee (xitoycha: 巩力泽) Lyaonin universitetining iqtisod fanlari professori, onasi Jao In (xitoycha: 赵英), shu universitetda materialshunos boʻlgan.
Gong li dungoga kelganidan soʻng Shandunga koʻchib ketadi. Gun Li yoshligida musiqaga koʻngil qoʻyadi, akterlik hunurga juda ishtiyoq boʻladi. 1983-yili maktabni bitirgandan keyin ikki yil ketma-ket oliy oʻquv yurtlariga imtihon topshirib, oʻqishga kira olmaydi.
1985-yili rejisser In Davey bilan tanishadi, shu kishi Gong Lini oʻqishga kirishga tayyorlaydi[1].
1989-yili Pekindagi Markaziy drama akademiyasini bitirib, shu yili taklifnoma oladi. Uni jahon darajasiga koʻtarib, mashhur qilgan rejisser Jan Imou bilan shu vaqtda tanishadi.
Ilk bor „Krasni gaolyan“ filmida asosiy ayol roʻlini ijro etadi. Bu film Berlin xaliqaro kino festivalida mashhur deb topiladi. 1993-yili Chen Kaygening „Proshay, moya nalojnitsa“ filmidagi asosiy rolni ijro etadi. 2010-yili "Shanxay" trilleriga tushgan. Qirqqa yaqin filmda rol ijro etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „章子怡访台 观众称她"小巩俐"“. 2013-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-fevral.