Goniometr
Goniometr (yun. gonia — burchak va metr) — ikki yoqli burchaklarni oʻlchaydigan asbob. Silliqlangan metall va kristallar qirralari burchagini oʻlchashda ishlatiladi. G.ning bevosita qirralarga qoʻyib oʻlchaydigan va nur qaytishiga asoslanib oʻlchaydigan xillari bor. Nur qaytishiga asoslangan goniometryakka aylanali va qoʻsh aylanali boʻladi; ikki qirradan qaytgan nurlar orasidagi burchakni oʻlchaydi. Bunday goniometrgorizontal metall yoki shisha doira, kursicha, kuzatish trubasi va qoʻzgʻalmas kollimatordan iborat. Kollimatordan tushgan nurlar kristall qirralaridan qaytadi va kuzatish trubasiga tushadi. Goniometrgeologiya, mineralogiya, petrografiya, kristallografiya va b. sohalarda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |