Good Vibrations (Marky Mark va the Funky Bunch qoʻshigʻi)
"Good vibrations" — Amerikalik qoʻshiqchilar Marky Mark,Loleatta Holloway va Funky Bunchning qoʻshigʻi. U 1991-yil iyul oyida „Music for people“ (1991) debyut albomining asosiy singli sifatida taqdim etilgan. Qoʻshiq AQSh, Daniya, Shvetsiya va Shveytsariyada birinchi raqamli xitga aylandi. U yigirma hafta davomida Billboard Hot 100 roʻyxatidan tushmadi va soʻnggi haftada 40 pogʻonaga koʻtarilib, 27-oʻringacha chiqdi, ammo keyingi haftada roʻyxatdan chiqarildi.
Qoʻshiq haqida
tahrir"Good vibrations" Amir Shakir (nashrda „Spice“ nomi bilan olingan) tomonidan uning doʻstlari Donnie va Mark Wahlberg bilan hamkorlikda yozilgan. Amir shuningdek, Mark Wahlbergning debyut albomi uchun „Wildside“ va yana uchta qoʻshiqni, shuningdek, Wahlbergning ikkinchi LP-si uchun toʻrtta qoʻshiqni yozib chiqargan."Good vibrations" amerikalik qoʻshiqchi Loleatta Xolloueyning Den Hartman tomonidan yozilgan „Love Sensation“ qoʻshigʻi asosida yozilgan va Xartmanga bu uchun Wahlberg qoʻshigʻining keyingi chiqishlarida hammualliflik huquqi berilgan.
Tanqidiy qabul
tahrirAbout.com sayti muxbiri Bill Lambning taʼkidlashicha, Mark Wahlberg oʻsmirlik chogʻida bir necha marta qonunni buzgan, „lekin uning gavdasi va chiroyli koʻrinishi, joʻshqin raqs harakatlari Loleatta Xollueyning diva-esque vokallari bilan uygʻunlashgan pop-hit uchun aynan mos keladi“ deb taʼriflangan. AllMusic muharriri Steve Hueyning taʼkidlashicha, "agressiv tarzda ijro etilgan rep juda sodda, ammo kulgili emas; asosiy elementlardan biri kompozitsiya davomida koʻtarilib-tushib almashinuvchi oddiy pianino ohangi hisoblanadi. Uning qoʻshimcha qilishicha, „Good vibrations“ Marky Mark yozgan eng ommalashgan qoʻshiq boʻlgan. Billboard jurnali bu qoʻshiqda „canny sampling“ texnikasi qoʻllanganini eʼtirof etib, uni „Music for the People“ albomidagi eng sara qoʻshiq deb taʼriflaydi va Marky Mark yengil pop-rep uslubidagi bu trek bilan reper Vanilla Ice bilan bir yoʻnalishga oʻtganligini aytadi.
Gavin Report nashri muxbiri Dave Sholin: „Donnie Wahlbergning kenja ukasi hammani lol qoldirib, jiddiy debyutga qoʻl urdi! Aka-uka Wahlberglar qaynoqqina trekni yozib, taqdim etdi — ular bu bilan faxrlanishsa arziydi. Qoʻshiqni bir necha pogʻonaga koʻtara olgani uchun Loleatta Hollowayni olqishlaymiz“ deb yozgan edi. Music Week nashri sharhlovchisi esa: "Sampling uslubidan foydalanish Marky Mark va Funky Bunchga xos boʻlgan sanʼat turidir. Biroq, ularning debyut singli Loleatta Hollowayning hozirda ham mashhur boʻlgan „Itʼs such a good vibration“ qoʻshigʻini eʼtirof etishi maqtovga loyiq. Bu unchalik kuchli xit bo‘lmasligi mumkin, ammo 20 yoshli Markyning ritmik rep ijrosi, chiroyli ko‘rinishi va yomon yigit obrazi qoʻshiqni yanada mashhur qila oladi" deb yozgan edi. „Smash Hits“ sharhlovchisi Johnny Deening aytishicha, "bu qoʻshiq Black Box "ning „Ride On Time“ qoʻshigʻiga oʻxshab ketadi. Lekin, Marky aytganidek, qoʻshiq tanangizni harakatga keltirish uchun moʻljallangan va shunday qiladi ham".
Musiqiy klip
tahrirSinglni targʻib qilish uchun oq-qora formatda musiqiy klip ishlab chiqarildi. Unda Marky Markning mashq qilish, boks tushish va sevgan qizi bilan birgalikdagi sahnalari koʻrsatilgan. Ushbu video uchun qoʻllangan boks texnikasi va mashgʻulotlarida yordam bergani uchun Bokschi Micky Ward alohida eʼtirof etilgan. Loleatta Halloway ham xorni ijro etish sahnasida suratga tushgan. Mark Wahlberg Micky Ward bilan ilk bor 18 yoshida tanishgan va keyinchalik 2010-yilda "The Fighter" filmida katta ekranda uning rolini oʻynagan. Musiqiy klip David Horgan prodyuserligi va Scott Kalvert rejissyorligida suratga olingan.
Taʼsir doirasi
tahrir2017-yilda BuzzFeed „90-yillarning 101 ta eng zoʻr raqs qoʻshiqlari“ roʻyxatida „Good Vibrations“ ni 43-oʻringa qoʻydi.
2019-yilda Billboard uni „Billboard ning 90-yillarning Top qoʻshiqlari“ reytingida 115-oʻringa qoʻydi.
2021-yilda BuzzFeed unga „Yoz uchun 90-yillarning 50 ta eng yaxshi qoʻshigʻi“ roʻyxatida 35-oʻrinni berdi.
Trek roʻyxatlari
tahrir- 7 singl
- „Good Vibrations“ — 4:29
- „So What Chu Sayin“ — 4:41
- CD maxi
- „Good Vibrations“ (club dub) — 5:22
- „Good Vibrations“ — 4:29
- „Good Vibrations“ (instrumental) — 5:02
- „So What Chu Sayin“ — 4:41