Goodwin Gaw
Goodwin S. Gaw (talaffuzi: Gudvin Gau; 1968-yil 25-noyabrda tugʻilgan) gonkonglik mulk investori, Gaw Capital Partners kompaniyasi raisi, 8 milliard AQSH dollarlik koʻchmas mulk investitsiyalari, shu jumladan, Gaw oilasining pullari, 1,5 milliard AQSh dollariga baholangan Gaw oilasining pullarini ham boshqaradi[2].
Goodwin Gaw | |
---|---|
Tavalludi |
25-noyabr 1968-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Mulk investori |
Bolalari | 2 ta |
Otasi | Anthony Gaw |
Yoshligi
tahrirGaw Kaliforniyaning San-Fransisko okrugida tugʻilgan, otasi esa bu paytda Stenford universitetida muhandislik boʻyicha magistratura talabasi boʻlgan. Gawning otasi Antoni Gaw (1941-1999), mulk investori edi. Gawning onasi — Rosanna Vang[3]. Gawning ukasi Kennet Gaw Tailandda tugʻilgan. Gawning singlisi Kristina Gaw[3][4][5].
Taʼlim
tahrirGaw Rochester Texnologiya Institutidan oʻtgandan soʻng Pensilvaniya Universitetida qurilish muhandisligi boʻyicha bakalavr, Stenford universitetida qurilishni boshqarish boʻyicha magistr va Pensilvaniya universiteti Uorton maktabida MBA darajalarini egallagan[2][4].
Karyera
tahrirGaw Downtown Properties kompaniyasining asoschisi va boshqaruvchi direktoridir[6]. 1995-yilda Downtown Properties, Gaw kompaniyasi bankrotlikka yuz tutgan Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridagi 335 xonali Gollivud Ruzvelt mehmonxonasini sotib oladi[2][6].
2006-yilda Gaw Shanxayning Nankin yoʻlida joylashgan 71 yoshli Art Deco 7 qavatli savdo markazini 105 million AQSh dollariga sotib oldi va 25 million dollarni bu yerni qayta tiklashga sarflab yubordi[4].
2015-yilda Gaw oilasining umumiy boyligi 1,5 milliard AQSh dollariga teng edi[3].
Shaxsiy hayoti
tahrirGaw uylangan, ikki farzandi bor va hozirda Gonkongda yashaydi[2]. Gaw 2007-yilda Qoʻshma Shtatlar fuqaroligidan voz kechgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Birth registration, californiabirthindex.org. Accessed August 25, 2022.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Gaw family“. forbes.com. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „How the famous Hollywood Roosevelt regained its glory“. scmp.com. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Shanghai fixer-upper“. www.institutionalinvestor.com. 2017-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
- ↑ „Looking to China's past for today's growth“. The New York Times. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Downtown-Properties“. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
- ↑ „Quarterly Publication of Individuals, Who Have Chosen To Expatriate, as Required by Section 6039G“. Federal Register (2008-yil 8-fevral). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.