Google Cloud Platform
Google Cloud Platform (GCP) – Google tomonidan taqdim etilgan bulutli hisoblash xizmatlari toʻplami boʻlib, foydalanuvchilarga hisoblash, maʼlumotlarni saqlash, maʼlumotlar tahlili va sunʼiy idrok kabi modulli bulut xizmatlarini, shuningdek, turli boshqaruv vositalarini taklif etadi[2]. GCP, Googlening ichki mahsulotlari, jumladan, Google Search, Gmail va Google Docs kabi foydalanuvchi mahsulotlari uchun ishlatiladigan infratuzilma asosida ishlaydi[3]. Roʻyxatdan oʻtish uchun kredit kartasi yoki bank hisob qaydnomasiga ega boʻlish talab etiladi[4].
Google Cloud Platform | |
---|---|
Joriy holati | Faol |
Muassisi | |
Bosh ijrochi direktor | Thomas Kurian |
Ochilgan sanasi | 7-aprel, 2008-yil |
Aylanma mablagʻi | AQSh$33,1 billion (2023)[1] |
URL | cloud.google.com |
Qaysi dasturlash tilida yozilgan |
GCP xizmat sifatida infratuzilma (IaaS), platforma sifatida xizmat (PaaS) va serverlarsiz hisoblash muhitlarini oʻz ichiga oladi.
2008-yilning aprelida Google, oʻzi tomonidan boshqariluvchi axborot markazlarida veb-ilovalarni ishlab chiqish va joylashtirish imkonini beruvchi App Engine platformasini eʼlon qildi va 2011-yilda ommaga taqdim qildi. App Engine platformasining eʼlon qilinishi, GCPga bir qator yangi bulutli xizmatlarning qoʻshilishiga olib keldi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Alphabet Inc. 2023 Annual Form 10-K Report“. U.S. Securities and Exchange Commission (2024-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
- ↑ „Google Cloud Products“. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
- ↑ Verma, Abhishek „Large-scale cluster management at Google with Borg“, . Proceedings of the Tenth European Conference on Computer Systems, 17 April 2015. DOI:10.1145/2741948.2741964. ISBN 9781450332385.
- ↑ „Google Cloud Free Tier – Google Cloud Platform Free Tier“. Google Cloud.