Google Hangouts
Google Hangouts – Google tomonidan ishlab chiqarilgan tezkor xabar almashish xizmati. Ushbu xizmat dastlab Google+ funksiyasi boʻlib, 2013-yilda, Google kompaniyasi Google+ Messenger va Google Talk funksiyalarini Hangoutsga qoʻshishni boshlagan, hamda Hangoutsni mustaqil xizmatga aylantirgan. Soʻngra Google kompaniyasi oʻzining Internet-telefoniya mahsuloti Google Voice xususiyatlarini Hangoutsga integratsiyalashni boshlagan va Hangoutsdan Voicening kelajakdagi koʻrinishini yaratmoqchiligini taʼkidlab oʻtgan.
Google Hangouts | |
Google Hangoutsning Android Lollipopdagi koʻrinishi | |
Ishlab chiquvchi | |
---|---|
Chiqarilgan sana | 15-may, 2013-yil |
Platforma | Android, iOS, Web, Wear OS |
Yozilgan til(lar)i | 36 ta tilda[1] |
Status | Toʻxtatilgan |
Janr | Aloqa dasturiy taʼminot |
Undan keyingi yuritkich | Google Chat Google Meet |
Litsenziya | Bepul dastur |
Vebsayt: | https://hangouts.google.com |
2017-yilda Google oʻzining Google Workspace ofis toʻplamining bir qismi sifatida ikkita alohida korporativ aloqa mahsulotlari Google Meet va Google Chatni ishlab chiqargan[2]. 2020-yil iyun oyida Workspace foydalanuvchilarini Hangoutsdan Meet va Chatga oʻtkazishni boshlab yuborgan[3][4][5]. Keyinchalik, Gmail foydalanuvchilari 2021-yilda Hangoutsdan Meet va Chatga toʻliq oʻtib boʻlgach, Hangoutsning faoliyati 2022-yil 1-noyabrda toʻxtatilgan[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Fix problems making or receiving phone calls – Android – Hangouts Help“. support.google.com. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ Vaid, Paritosh „Re: Hangouts Classic – Google Product Forms“. Google Product Forms (2018-yil 3-dekabr). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Google is making Meet free for everyone“. Techcrunch (2020-yil 29-aprel). — „For consumer Hangouts, which has been on life support for a long time, this move may accelerate its deprecation.“. 2020-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Google Meet one-ups Zoom with free 60-minute meetings for consumers“. Venturebeat (2020-yil 29-aprel). — „Google Hangouts' future in question“. 2020-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „The latest on Google Hangouts and the upgrade to Google Chat“ (en). Google (2020-yil 15-oktyabr). 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
- ↑ „The latest on Google Hangouts and the upgrade to Google Chat“ (en-us). Google (2020-yil 15-oktyabr). 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.