Gordiy Sablukov
Gordiy Semyonovich Sablukov (1804, Ufa yaqinida — 1880.29.1, Qozon) — rus sharqshunosi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Orenburg diniy seminariyasi (1826) va Moskva diniy akademiyasi (1830)ni tugatgan. Sablukov Saratov diniy seminariyasi (1830—49) hamda Sharq va klassik tillar boʻyicha Qozon diniy akademiyasi (1849—62)da oʻqituvchi. Sablukov Volgaboʻyi, qipchoklar va Oltin Oʻrda tarixi, numizmatikasi, arxeologiyasi, etnografiyasiga oid asarlar muallifi. Qurʼonni arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan va nashr ettirgan (1878). Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" asarini ruschaga tarjima qilgan, 1906-yilda Qozonda chop etilgan.
Manbalar
tahrir- Prilojeniye k perevodu Korana, Kazan, 1879, 1898.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |