Gormonal preparatlar - tarkibida gormonlar yoki ularning sintetik analoglari boʻlib, gormonoterapiya uchun qoʻllanadigan dorilar. Tabiiy G.p. asosan soʻyilgan molning ichki sekresiya bezlaridan tayyorlanadi.

Gipofizning G.p.i [adrenokor-tikotrop gormon (AKTG). AKTG— rux fosfat, xorion gonadotropini, prolaktin, intermedii, pituitrin, adiurekrin, oksitotsin, vazopressin] gipofiz, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlardan gormon chiQishi susayganda, kollagenoz, allergik kasalliklar va kuzning baʼzi kasalliklarida buyuriladi. Qalqonsimon bez G.p.i — tireoidin shu bez yetarli ishlamaganda, organizmni yogʻ bosganda, nevrozdaqoʻllanadi. Qalqonsimon bez oldi bezlarining G.p.i — paratireoidin tetaniya, spazmofiliya, allergik kasalliklarga davo qilishda buyuriladi. Meʼda osti bezining G.p.i — insulin va uning preparatlari, shuningdek, sintetik preparatlar — butamid, xlorpromazin Qandli diabetga, lipokain esa jigar kasalliklari, ateroskleroz va b. kasalliklarga davo boʻladi.

Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining G.p.i — kortizon, gidrokortizon, dezoksikortikosteron, shuningdek, sintetik G.p. — prednizolon, deksametazon, sinalar va b. (kortizon bilan gidrokortizonning analoglari) revmatizm, infeksion poliartrit, bronxiol astma, infeksion mononukleoz, neyrodermit, ekzema va b. teri kasalliklari, Addison kasalligi, buyrak usti bezlari poʻstloq qavatida gormonlarning yetarli ishlanib chiqmasligi, ge-molitik anemiya, glomerulonefrit, oʻtkir pankreatit va b. kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. Ayol jinsiy gormonlarining G.p.i 2 xil: estrogen G.p. — follikulin yoki estron, estradioldipropionat, etilestradiol, sinestrol, dietilstil-bestrol, dimestrol, oktestrol, sigetin tuxumdonlar faoliyati susayganda yoki butunlay gormon chikarmaganda, tugʻruq dardi va toʻlgʻoq yaxshi tutmaganda, ayolning koʻkragidan sut kelmay qolganda, shuningdek, erkak prostata bezining rakiga davo qilishda buyuriladi. Gestagen G.p. — progesteron, oksiprogesteron kapronati, pregnin sariq tananing yetarli ishlamasligiga aloqador kasalliklarni davolashda buyuriladi. Erkaklar jinsiy gormonlarin ing G.p.i — androgen preparatlar (testosteron propionati, metiltestosteron) erkak jinsiy bezlari tuzuk ishlamaganda, erkak va ayollarning klimakteriy davrida, ayollar koʻkrak bezi rakini davolashda, tomir va nerv kasalliklarida, akromegaliyat buyuriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mashkovskiy M. D., Lekarstvennie sredstva, 13 izd., t. 2, T., 1998.