Got yozuvi — qad. yozuv turi. Bunda lotin harflari oʻziga xos usulda yoziladi. G.yo.da 27 belgidan iborat boʻlgan alohida alifbo boʻlib, got tilida yozilgan barcha bitiklarda shu yozuv qoʻllangan. G.yo. asoschisi got bibliyasining tarjimoni, yepiskop Ulfil (taxminan 311—383 y.) hisoblanadi. G.yo. asosida 4-asrda yunon yozuvi yuzaga kelgan. Qad. G.yo. namunalari Italiya (10-asr), Gʻarb. Yevropa mamlakatlari (P-a.)da uchraydi.

G.yo.ning 4 turi mavjud: 1) uchli yozuv (tekstura); 2) siniq chiziqli uchli yozuv (fraktura); 3) dumaloq harflardan iborat siniq yozuv (shvabaxer); 4) Rim devoriy yozuvlariga taqlidan aylana-got yozuvi. Ayrim tadqiqotchilar G.yo. umuman got tilidagi fonemalarga toʻgʻri kelishini taʼkidlaydilar. Hozir amalda deyarli qoʻllanmaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil