Konfet daraxti
(Goveniyadan yoʻnaltirildi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Konfet daraxti, goveniya (Hovenia dulcis) — chilonjiydadoshlar (itjumrutdoshlar) oilasiga mansub mevali daraxt. Koreya, Xitoy, Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi va ekiladi. Etli meva bandi shirinlik sifatida isteʼmol qilinadi va konditer sanoatida qoʻllanadi: meva bandida 20—23%, qurugʻida 47,8% gacha qand bor. Guli serasal. Yogʻochi mebel va moʻzika asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Konfet daraxti Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |