Govxonasoy — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy, Gʻuzordaryoni tashkil etuvchilaridan biri — Katta Oʻradaryoning chap irmogi. Boysun togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi buloqlardan boshlanuvchi 20 ta katta-kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 15 km. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Govxonasoy havzasi past togʻlarda joylashgan, yogʻin kam yogʻadi, shuning uchun kamsuv. Suvining asosiy qismi (80—85%) bahorda oqib oʻtadi. Govxonasoyda jala yomgʻirlardan soʻng baʼzan toshqinlar boʻladi.

Govxonasoy
Tavsif
Uzunligi 15
Davlat Oʻzbekiston

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil