Granada
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Granada (arab. Gʻarnota) — Ispaniyaning jan.dagi shahar, Andalusiya muxtor viloyatida. Syerra-Nevada togʻi yon bagrida, Xenil daryosi vodiysida joylashgan. Granada provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi qariyb 242 ming kishi (1998). Temir yoʻl tuguni. Temir yoʻl orqali Oʻrta dengiz boʻyidagi Motril porti bilan bogʻlangan. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Granada yaqinidan temir rudasi qazib chiqariladi. Oziq-ovqat, sement, kimyo zavodi, toʻqimachilik sanoati korxonalari va qogʻoz fabrikalari bor. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 8-asrda qayd qilingan. 11-asrdan arablar qoʻl ostida, 1238-yildan Gʻarnota amirligi tarkibida boʻlgan. 1492-yildan Ispaniya tasarrufiga oʻtgan. Arablar istilosi davrida Granada Mavritaniya davlatining siyosiy, madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Mavritaniya meʼmorligi sanʼati uslubida qurilgan qalʼa-saroy (13—14-asrlar) va Karl V saroyi hamda Uygʻonish davriga oid sobor va boshqalar saqlangan. Universitet bor (16-asrdan). Turizm rivojlangan. Har yili musiqa festivallari oʻtkazilib turiladi.
Granada | |
---|---|
37°10′41″N 3°36′3″W / 37.17806°N 3.60083°W | |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil