Granka
Granka (rus.) (matbaada) — 1) bosmaxonada terilib, hali sahifa holiga keltirilmagan (verstka qilinmagan) matnlar ustuni; 2) terilgan matnni oʻqib, xatolarini tuzatish, undan maket tuzish uchun qogʻozga olingan tasviri, nusxasi; 3) terilgan matnni vaqtincha (sahifalashga qadar) saqlab qoʻyish uchun ishlatiladigan taxtakach.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |