Grant DeVolson Wood (talaffuzda:Grant DeVolson Vud) (1891-yil 13-fevral – 1942-yil 12-fevral) amerikalik rassom va regionalism oqimi vakili boʻlib, Amerikaning Oʻrta Gʻarbiy qishloqlarini tasvirlagan kartinalari bilan mashhur. Ayniqsa, uning 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarining tasviriy sanʼatining yorqin namunasiga aylangan "Amerikacha gotika" (1930) kartinasi shular jumlasidandir[1].

Grant Wood

Avtoportret, 1932
Haqiqiy ismiGrant DeVolson Wood
Tavalludi 13-fevral 1891-yil
Vafoti 12-fevral 1942-yil(1942-02-12)
(50 yoshda)
Iowa City, Iowa, U. S.
Sohasi rassomchilik
Taʼlimi Chikago universitetining sanʼat maktabi
Oqim Regionalism
Grant Woodning Ayova shtatidagi Sidar Rapids shahridagi bolalik uyi

Faoliyati

tahrir

Birinchi jahon urushining oxirlarida Wood AQSh armiyasiga qoʻshildi va boshqa sanʼat turlari kabi kamuflyaj sahnalarini loyihalashda rassom sifatida faoliyat yuritdi[2].

1922-yildan 1928-yilgacha Vud Yevropaga toʻrt marta sayohat qildi va u yerda rassomchlikning koʻplab uslublarini, ayniqsa impressionizm va post-impressionizmni oʻrgandi. Shuningek, 1928-yilda Myunxenga boʻlgan safari davomida u Sidar-Rapidsdagi faxriylar yodgorligi binosi uchun moʻljallangan vitraj oynalarini yasashni nazorat qildi[3].

1934-yildan 1941-yilgacha Wood Iowa universitetining sanʼat maktabida tasviriy sanʼatdan dars bergan. Bu vaqt mobaynida u devor rasmlari loyihalariga rahbarlik qildi, talabalarga ustozlik qildi, oʻzining turli xil asarlarini yaratdi va universitet madaniy jamoatchiligining asosiy qismiga aylandi.

Vafoti va meros

tahrir

51 yoshga toʻlishi arafasida Wood Iowa City universitetining kasalxonasida oshqozon osti bezi saratoni tufayli vafot etdi[4]. U Ayova shtatidagi Anamosa shahridagi Riverside qabristoniga dafn etilgan[5].

 
1980-yil Grant Wood bir untsiyalik Amerika sanʼati esdalik seriyasi oltin medali

Wood vafot etganida, uning mulki singlisi Nan Wood Gremga (Amerikacha gotikada tasvirlangan ayol) oʻtdi. Nan Wood Grem 1990-yilda vafot etgach, uning mulki Woodning shaxsiy buyumlari va turli xil sanʼat asarlari bilan birga Ayova shtatining Davenport shahridagi Figge sanʼat muzeyi mulkiga aylandi.

Ikkinchi jahon urushi Ozodlik kemasi SS Grant Wood sharafiga nomlangan.

2009-yilda Grant shtatning eng oliy fuqarolik sharafi Ayova mukofoti bilan taqdirlandi[6].

Amerikacha gotika

tahrir
 
Grant Wood, Amerikacha gotika (1930), Chikago sanʼat instituti

Vudning eng mashhur asari bu uning 1930-yilgi "Amerikacha gotika" kartinasidir[7]. Shunindek, bu kartina Amerika sanʼatidagi eng mashhur rasmlardan biri boʻlib, Leonardo da Vinchining "Mona Liza" va Edvard Munchning "Qichqiriq" kartinalari[1] bilan taqqoslanadigan, keng tan olingan, madaniy ikona maqomiga erishgan kam sonli kartinalardan hisoblanadi.

Amerikacha gotika birinchi marta 1930-yilda Chikagodagi sanʼat institutida namoyish etilgan boʻlib, hozir ham shu yerda saqlanadi.

Kartina haqida ijobiy fikrlarga ega boʻlgan sanʼatshunoslar, jumladan, Gertrude Shtayn va Kristofer Morli, bu kartinani kichik qishloq hayotining qatagʻon va tor fikrlash satirasi deb hisoblashgan. Shervud Andersonning 1919-yildagi Uinsburg, Ogayo shtati, Sinclair Lewisning 1920-yildagi Main Street va Karl Van Vextenning „ Tatuirovka qilingan grafinya“ kabi romanlari qatorida Amerikaning qishloq joylarini tobora tanqidiy tasvirlash tendentsiyasining bir qismi sifatida qaraldi[1].

  • Dogʻli odam (1924)
  •  
    Kuzgi shudgor, Grant Wood [8]
    Kichkina cherkov kanseladasi (1926)
  • Oʻsimliklar bilan ayol (1929)
  • Amerika gotikasi (1930)
  • Arnold yoshga yetdi (1930)
  • Stoun Siti, Ayova (1930)
  • Baholash (1931)
  • Yosh makkajoʻxori (1931)
  • Kuzgi shudgor (1931)
  • Gerbert Guverning tugʻilgan joyi, Gʻarbiy filial, Ayova (1931)
  • Pol Reverning yarim tunda sayohati (1931)
  • Plaid sviter (1931)
  • Avtoportret (1932)
  • Daraxtlar kuni (1932)
  • Bola sogʻuvchi sigir (1932)
  • Inqilob qizlari (1932)
  • Nan portreti (1933)
  • Quyosh botishi yaqinida (1933)
  • Tuproqchilar uchun kechki ovqat (1934)
  • Bogemiyadan qaytish (1935)
  • Ridj yoʻlidagi oʻlim (1935)
  • Bahorgi burilish (1936)
  • Ekish vaqti va hosil (1937)
  • "Qoʻrqinchli tun" (1937)
  • Haying (1939)
  • Yangi yoʻl (1939)
  • Parson Weems ertagi (1939)
  • JPG Yanvar (1940)
  • Ayova Cornfield (1941)
  • Mamlakatda bahor (1941)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Fineman, Mia, The Most Famous Farm Couple in the World: Why American Gothic still fascinates., Slate, June 8, 2005
  2. „Artist Info“. www.nga.gov. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  3. In the Know; European Journeys. The Gazette (2005-yil 23-sentyabr), s. 2A.
  4. Deborah Solomon. „Gothic American“. The New York Times (2010-yil 28-oktyabr).
  5. Wilson, Scott. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3d ed.: 2 (Kindle Location 51786). McFarland & Company, Inc., Publishers. Kindle Edition.
  6. Heldt, Diane. „Grant Wood named recipient of the Iowa Award“. Iowa City Gazette (2009-yil 21-avgust). Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.
  7. Kendall, Sue M., „Wood, Grant“, Oxford Art Online (subscription). Retrieved December 14, 2008.
  8. „Grant Wood - Fall Plowing“ (EN). en.artsdot.com. Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.

Tashqi havolalar

tahrir